Iordaniyada mana bir necha kundan beri yog`ingarchilik tufayli kelib chiqqan suv toshqinlari davom etmoqda, deya xabar bermoqda Ria.ru nashri.
Tabiiy ofat esa 11 kishining hayotdan ko`z yumishiga olib keldi. Ular orasida go`daklar ham borligi xabar qilinmoqda. Vaziyat, ayniqsa, Petra shahrida og`ir. Bu erda bir necha kishi bedarak yo`qolgan bo`lib, qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Avvalroq esa hukumat Petrada odamlarni evakuasiya qilishni boshlagan edi. Ayni vaqtda toshqin yo`lida uchragan barcha narsani oqizib ketmoqda.






