Kanadaning Galifaks Stanfild aeroportiga uchib kelgan Boeing 747-400 SkyLease yuk samolyoti qo`nish vaqtida uchish-qo`nish yo`lagidan tashqariga chiqib ketdi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.
AQShdan Xitoyga uchayotgan samolyot yuk olish uchun Galifaksda qo`nib o`tishi kerak edi. Samolyot muvaffaqiyatsiz qo`nish sababli uchish-qo`nish yo`lagidan 50 metrcha tashqariga chiqib ketgan va ost qismi bilan to`xtagan. Oqibatda samolyot ekipajining 5 a`zosi turli darajada jarohat olib, yaqin atrofdagi shifoxonaga etkazilgan. Voqeadan keyin aeroport reyslari bekor qilingan.






