Polsha Amerika Qo`shma Shtatlari bilan suyultirilgan gaz etkazib berish borasida shartnoma imzoladi, deb xabar berdi Ren.tv nashri.
Uzoq muddatli savdo bitimi Cheniere Marketing International (Chiner marketing interneshinl) kompaniyasi bilan imzolangan bo`lib, uning doirasida 2019-2022 yillarda Polshaga 0,73 mlrd. m3 gaz etkazib beriladi. 2023-2042 yillarda bu raqam 39 mlrd. m3ni tashkil etadi. Umumiy hisobda 29,5 mln. tonna suyultirilgan gaz Polsha kompaniyasiga sotilishi rejalashtirilgan. AQSh suyultirilgan gazni «Gazprom» taklif etayotganidan 20-30 foiz arzon sotishga rozi bo`lgan.






