AQShning Kaliforniya shtatidagi Tauzand-Ouks shahrida joylashgan barlardan birida sodir etilgan otishma to`g`risida yangi ma`lumotlar ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda Tvzvezda.ru nashri.
Otishma ro`y bergan vaqtda klubda talabalar oqshomi bo`layotgan edi. Jinoyatchi kamida 30 marta o`q uzgan. Voqea oqibatida 13 kishi qurbon bo`lgan. Ulardan bir polisiya xodimidir. Mazkur hodisa natijasida yana o`nlab odamlar yaralangan. Ommaviy otishmani sodir etgan shaxsning o`zi ham halok bo`lgan. Xabarlarga ko`ra, u 28 yoshli Ian David Long ismli sobiq harbiy bo`lib, u Afg`onistonda AQSh qurolli kuchlarida xizmat qilgan. Biroq nima uchun bu xunrezlikka qo`l urgani hozircha noma`lum.






