Reyngold Morisevich Glier nomidagi Respublika musiqaga ixtisoslashtirilgan akademik liseyining 12 yoshli o`quvchisi Asalxon Yusupova skripka ijrosi bo`yicha Dubayda o`tkazilgan Bolalar va o`smirlar Xalqaro musiqa ijrochilarining tanlovi "Jumeirah Sounds"ning gran-prisiga ega bo`ldi.
Tanlov olti yoshdan yigirma yoshgacha bo`lgan ijodkorlar o`rtasida o`tkazilib, unda xonandalar, xor, xoreograf, dizayner, rassomlar ishtirok etishdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Tanlov tashkilotchilari Dubay musiqa akademiyasi va Ayman Musoxo`jaev nomidagi Ostona musiqa akademiyasidir. Tanlov 2 noyabrdan 7 noyabrgacha bo`lib, uning g`oliblari 8 noyabrda e`lon qilindi.
Asal Yusupova Italiya, Fransiya, Qozog`iston va O`zbekistonda o`tkazilgan tanlovlarda qatnashib asosiy mukofotlarni qo`lga kiritgan.






