Hindistoning Ahmadobod shahrida yashovchi Svanpil Soni 500 dan ortiq yovvoyi maymunlarni boqib kelmoqda, deya xabar qilmoqda Segodnya.ua nashri.
U haftada bir necha marta maymunlarni ovqatlantirish uchun boradi. Asl kasbi zargarlik bo`lgan Svanpil, mana, 10 yildirki, jonivorlarga chapani va boshqa eguliklar olib boradi. U haftaning ma`lum kunlarida erta tongdan o`rmonga keladi. Qizig`i shundaki, jonivorlar ham ayni shu vaqtda yig`ilib uni kelishini kutishadi.






