Avvalroq, amerikalik mashhur aktyor Maykl Duglas shou-biznesdagi 50 yillik faoliyati munosabati bilan Gollivuddagi “Shon-shuhrat alleyasi”da o`z “yulduzi” bilan taqdirlanganini xabar qilingan edi, deb yozmoqda News.day.az nashri.
Aktyorning o`zi bu haqda:
– Bu men uchun katta sharaf, yulduzlar maydonida o`z yulduzchangga ega bo`lish bu juda katta baxt. Men bu onlardan oilam bilan huzurlanmoqchiman, – dedi.
Mazkur yulduz hiyobondagi 2648-yulduz hisoblanib, u aktyorning otasi, 101 yoshli aktyor Kirk Duglasga atalgan yulduz yaqinida joylashgan. 74 yoshli aktyorni qo`llab-quvvatlashsh va tabriklash uchun uning oila a`zolaridan tashqari Golluvudning ko`plab mashhur vakillari yig`ilishdi.






