AsosiySport

Baxtiyor Namozov Ispaniya - Misr uchrashuvini boshqaradi

'Baxtiyor Namozov Ispaniya - Misr uchrashuvini boshqaradi'ning rasmi

Hamyurtimiz Baxtiyor Namozov BAAda bo`lib o`tayotgan Plyaj futboli bo`yicha "Dubai Cup" Xalqaro musobaqasiga taklif etilgan.

Shu kungacha Namozov Braziliya - Ispaniya (5:2) va Taiti - Eron (2:4) uchrashuvida ishladi.

Bugun, 8 noyabr kuni Baxtiyor Namozov Ispaniya - Misr uchrashuvini boshqarib boradi. O`yin Toshkent vaqti bilan soat 19:30da boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, "Dubai Cup" Xalqaro musobaqasida Braziliya, BAA, Misr, Eron, Rossiya, Taiti, AQSh, Ispaniya kabi terma jamoalar qatnashishmoqda.

    Boshqa yangiliklar