AsosiyJamiyat

Poytaxtda 8 kun ichida 3251 ta yo`l harakati qoidabuzarligi qayd etilgan

'Poytaxtda 8 kun ichida 3251 ta yo`l harakati qoidabuzarligi qayd etilgan'ning rasmi

Joriy yilning 29 oktyabrdan 5 noyabrgacha (8 kun ichida) YHXB xodimlari 3251 marta yo`l harakati qoidalari buzilganlik holatlarini qayd etishgan.

Bu haqda Toshkent shahar IIBB tomonidan ma`lum qilindi.

Shundan 1075 ta holatda haydovchilar xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya qilmagan. 115 ta holatda esa haydovchilar tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqargan. 46 nafar haydovchi esa spirtli ichimlik ta`siri ostida transport vositasini boshqargani aniqlangan.

Bundan tashqari, 29 oktyabrdan 5 noyabrgacha YPX inspektorlari 51 ta avtotransport boshqaruvi davomida mobil telefondan foydalanilgan, 58 ta svetoforning taqiqlovchi signaliga o`tib ketilganlik holatlarini va 17 ta tegishli ruxsatsiz oynalari qoraytirilgan avtotransportlarni aniqlashdi.

Sakkiz nafar haydovchi YPX inspektorining to`xtash to`g`risidagi belgisiga bo`ysunmagan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 129 moddasiga (“Transport vositalari haydovchilarining yo`l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo`lib harakat qilishda qatnashishi“) asosan 6 nafar haydovchiga nisbatan ma`muriy choralar ko`rildi.

    Boshqa yangiliklar