Fransiyada hukumatning yoqilg`i uchun soliqni oshirish rejasi tufayli aholi o`rtasida noroziliklar kuchayib bormoqda, deb xabar berdi Ren.tv nashri.
Hozirga qadar yoqilg`i narxini kamaytirish talab qilingan petisiyaga 800 mingdan ortiq odam imzo chekkan. Mamlakat prezidenti Emmanuel Makronning ta`kidlashicha, narxning to`rtdan uchi dunyo bozorlaridagi narxlarning o`zgarishi bilan bog`liq. Atrof-muhitni ifloslanishiga olib keladigan barcha narsalarga katta miqdorda soliq solish dizel yoqilg`isining ko`tarilishini oqlaydi. Shuningdek, Makron ushbu masalaga keyinchalik biror chora ko`rishga ham va`da berdi.






