AsosiyDunyo

Iroqda IShID qurbonlarining ommaviy qabri topildi

'Iroqda IShID qurbonlarining ommaviy qabri topildi 'ning rasmi

Iroqda IShID jangarilari tomonidan o`ldirilgan odamlarning 200 dan ortiq ommaviy qabri topildi, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

Bu haqda BMTning inson huquqlari bo`yicha oliy komissari boshqarmasi ma`lum qilmoqda. Xabarlarga ko`ra, qabrlarda 12 mingga yaqin kishi ko`milgan bo`lishi mumkin. Biroq bu ma`lumot hozircha tasdiqlanganicha yo`q. Ulkan qabrlarda jangarilar tomonidan o`ldirilgan ayollar, bolalar va keksalardan tashqari, ularga qo`shilishni istamagan minglab polisiyachilar va harbiylar ko`milgan, degan taxminlar bor. Endi ekspertlar qabrlardagi katta miqdordagi jasadlarni chiqarib olish masalasini hal qilishlari kerak.

    Boshqa yangiliklar