AsosiyDunyo

Olmaota-Toshkent yo`nalishidagi avtobusga o`q otildi

'Olmaota-Toshkent yo`nalishidagi avtobusga o`q otildi'ning rasmi

Olmaota-Toshkent yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan yo`lovchi avtobusi Turkiston viloyatida istiqomat qiluvchi "bezorilar" tomonidan o`qqa tutilgan.

NUR.KZ nashrining xabar berishicha, voqea 5 noyabr kuni yuz bergan.

Xabarda, jinoyatchilar yo`lovchilar bilan harakatlanayotgan avtobusga qarata travmatik quroldan o`q uzgani aytilgan. Gumonlanuvchilar darhol qo`lga olingan.

Ayni damda ularga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar