AQSh Eronga qarshi 5 noyabrdan yangi sanksiyalar kiritdi, deya xabar bermoqda Variety nashri.
Sanksiyalar doirasida Qo`shma Shtatlar Xitoy, Hindiston, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Tayvan uchun istisno kiritadi. Bu davlatlarning har biri oxirgi olti oy ichida Erondan neft sotib olishni sezilarli darajada kamaytirdi. AQSh Eron neft importini nolga tushirish uchun boshqa davlatlar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ma`lum qildi. Uning so`zlariga ko`ra, may oyidan bugunga qadar Eron rejimi neft savdosida 2,5 mlrd. dollar daromad yo`qotdi.






