Fors ko`rfazida joylashgan ushbu davlatda so`nggi ikki kun davomida kuchli yomg`ir yog`ishi oqibatida suv toshqinlar sodir bo`lgan.
Xabarda, Quvayt hukumati seshanba kuni barcha vazirliklar, davlat va xususiy maktablar hamda universitetlarda dam olish kuni deb e`lon qilgan.
Quvaytning valyuta bozori, yomon ob-havo tufayli seshanba kuni operasiyalarni to`xtatib qo`yganini aytdi.
Shuningdek, Quvayt havo yo`llari aviakompaniyasi ma`lumotlariga ko`ra, yomg`ir oqibatida hech qanday reys bekor qilinmagan va Quvayt xalqaro aeroportida belgilangan reyslar rejalashtirilgan tarzda davom etadi.
Yog`ingarchilik oqibatida jabr ko`rganlar haqida ma`lumot berilmagan.
06.11.2018 12:16
Quvaytda kuchli yomg`ir oqibatida maktablar yopib qo`yildi






