AsosiyJamiyat

​Qibray​da yuz bergan yong`inda Nexia yonib ketdi

'​Qibray​da yuz bergan yong`inda Nexia yonib ketdi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida 2018 yil 5 noyabr kuni Do`rmon qishlog`ida yashovchi A.Q.ning uyida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Yong`in natijasida uyning 150 kv.m. maydonda tom, shift va darvozaxonasi hamda uy darvozaxonasida turgan Nexia rusumli avtomashinasi yonib zarar ko`rgan. Jarohat olganlar yo`q.

Yong`in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar