AsosiyJamiyat

Bojxonachilar valyutani yashirin tarzda olib o`tishga uringan shaxsni to`xtatib qoldi

'Bojxonachilar valyutani yashirin tarzda olib o`tishga uringan shaxsni to`xtatib qoldi'ning rasmi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlarining hushyorligi natijasida bojxona chegarasi orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib chiqilishiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holati fosh qilindi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo`mitasi.

Xususan, qo`shni davlatga uchib ketayotgan fuqaro Sh.M. bojxona nazoratidan o`tishda “qizil” yo`lakdan harakatlanib kelayotganida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilgan 4622 AQSh dollari va 14000 Rossiya rublidan tashqari 3 ming AQSh dollarini o`ziga notanish bo`lgan, ushbu yo`nalishda uchib ketayotgan, S.Sh. nomiga to`ldirilgan yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatib, olib o`tmoqchi bo`lgan. Bojxonachilar fuqaro S.Sh ning bezovtalanishi sabab u bilan og`zaki savol javob o`tkazishdi. Fuqaro S.Sh. pullar Sh.M.ga tegishli ekanligini va uning iltimosiga binoan o`tkazib berayotganini ma`lum qilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvi olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar