AsosiyDunyo

Ming dollarlik banknot ikki million dollarga sotildi

'Ming dollarlik banknot ikki million dollarga sotildi'ning rasmi

AQShda o`tkazilgan auksionda ming dollarlik noyob banknot ikki million dollarga sotildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Mazkur auksion 25 oktyabr kuni Merilend shtatidagi baltimor shahrida joylashgan Stack’s Bowers Galleries auksion uyida bo`lib o`tdi. “Grand Arbuz” deb nomlangan ming dollarlik banknot 1890 yilda ishlab chiqarilgan. Unga 1863 yilda Gettisberg jangida general Li ustidan g`alaba qozongan general-mayor Jorj Gordon Midning tasviri tushirilgan. Kolleksionerlarning ma`lum qilishicha, bunday banknotlar atigi uch dona ekan.

    Boshqa yangiliklar