Yaponiya imperatorining jiyani bo`lgan malika Ayako Takamado oddiy odamga turmushga chiqqanligi sababli malika unvonidan mahrum bo`ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
To`y marosimi Tokio shahridagi Meydzi ibodatxonasida bo`lib o`tdi. Tadbirda 30 yaqin mehkmon ishtirok etdi. 28 yoshli kelin Xeyan davri (794-1185 yillar) uslubida kiyindi.
Malika imperator Axiko bilan xayrlashar ekan, o`ziga va turmush o`rtog`iga yordam berishidan, oila a`zosi sifatida qolishidan umid qilishini ma`lum qildi. Qonunga binoan yapon imperatorlar oilasiga tegishli erkak oddiy qizga uylansa, bu uning unvoniga ta`sir ko`rsatmaydi, agar malika oddiy odamga turmushga chiqsa, u malikalik unvonidan mahrum bo`ladi.
Ayako Takamadoga tovon puli hisobida mamlakat g`aznasidan 107 million yen mablag` ajratildi.






