Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya, Fransiya, Germaniya va Rossiya etakchilari ishtirokida Suriya mojarosini tartibga solish masalalariga bag`ishlangan to`rt tomonlama muzokaralar bo`lib o`tdi, deb xabar berdi TASS nashri.
Tadbir mezboni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an to`rt etakchi ishtirokidagi muzokaralar yakunini sermahsul va konstruktiv deb atadi, Erdo`g`anning ta`kidlashicha, Suriyadagi mojaroni bartaraf etish nafaqat jarayon doirasida, shuningdek kengroq formatda hal qilinishi kerak va bugungi sammit buning yaqqol dalili bo`la oladi.
To`rt davlat etakchilari ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro darajada o`zaro hamjihatlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Turkiya prezidenti Suriyadagi mojaroni harbiy yo`l bilan hal qilib bo`lmasligiga urg`u berdi.






