AsosiyDunyo

AQShning Pittsburg shahrida otishma bo`ldi

'AQShning Pittsburg shahrida otishma bo`ldi'ning rasmi

Otishma oqibatda 11 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi TASS nashri.

Shuningdek, yana 6 kishi, jumladan 4 nafarpolisiyachi yaralangan. Otishmani sodir etgan shaxsqo`lga olish jarayonida jarohat olgan va hozirda shifoxonaga yotqizilgan. U 48 yoshli Robert Bauers ismli shaxs bo`lib, nasistlar tarafdori ekanligi ma`lum bo`ldi. Jinoyatchi otishmani tongda ibodatxonaga odamlar yig`ilayotgan vaqtda sodir etgan.

Guvohlarning so`zlariga ko`ra, u binoga kirib, yahudiylarga qarshi ayrim gaplarni aytganidan so`ng, o`q uzishni boshlagan. AQSh adliya vazirligi unga diniy toqatsizlik negizidagi jinoyatni sodir etishda ayblamoqda.

    Boshqa yangiliklar