27 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda paxta dalasi yonidagi ariqqa tushib turgan 6 nafar kishining suratlari tarqalgani haqida xabar bergan edik.
Shundan so`ng, Mehnat vazirligi darhol fuqarolardan suratga olingan joy va sharoitni aniqlashga yordam beruvchi har qanday ma`lumotlar haqida xabar berishlarini so`rab, rasmiy murojaat bilan chiqdi.
Kun.uz nashri muxbirlari o`tkazgan surishtiruvga ko`ra, ushbu holat Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani, "Abdunosir G`ulom" fermer xo`jaligi maydonida yuz bergan. Shuningdek, ariqdagi erkaklarning kimligiga aniqlik kiritildi.
Ular Oqqo`rg`on tumani hokimining qishloq xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosari — Sherzod Murodov, tuman suv xo`jaligi boshlig`i — Tohir Mirzakarimov, tuman qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i — Sharof Ahmedov, "Ozod" MFYning oqsoqoli — Zokir Musabekov, "Mavlonboy ota" fermer xo`jaligini rahbari — Abror Mavlonov, "Abdunosir" fermer xo`jaligi rahbari (ismi Nosir) ekanligi aytilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, rahbarlar g`allani o`z vaqtida sug`ormagan mas`ul va fermerlarni shu ko`rinishda jazolagan.
Endilikda esa ushbu oltiovlonning tosh ko`tarib tushgan surati tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan qizg`in muhokamani davom ettirmoqda.






