AsosiyJamiyat

Ilg`or paxta terimchilariga 1000 ga yaqin badiiy kitoblar sovg`a qilindi (Foto)

'Ilg`or paxta terimchilariga 1000 ga yaqin badiiy kitoblar sovg`a qilindi (Foto)'ning rasmi

Respublikamiz bo`ylab paxta yig`im-terimi ishlari ayni avji pallasiga kirgan bir asnoda terimchilar hamda hasharchilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash maqsadida O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan madaniy-ma`rifiy tadbirlarni o`tkazish davom ettirilmoqda.

Chunonchi, paxtakorlarning madaniy hordiq chiqarishlari uchun O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi xodimlari taniqli shoir va yozuvchilar bilan birgalikda Jizzax viloyatining paxta dalalari tomon yo`l olishdi.

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani “Uchtepa” fermer xo`jaliklari hududiy uyushmasi “Xojimurod bobo” fermer xo`jaligi 152-156-otryadlari, Do`stlik tumani “Abduvosiev” TPU “Olmos-Shuhrat” fermer xo`jaligi hamda Paxtakor tumani Oqbuloq qishloq fuqarolar yig`iniga tegishli paxta dalalarida paxta terimiga jalb etilgan terimchi va hasharchilar uchun madaniy-ma`rifiy tadbirlar uyushtirildi.

Mo``jaz tadbirlar davomida she`rxonlik o`tkazilib, mehnatkashlarning dili xushnud aylandi.

Tadbirlar mobaynida “O`zbekiston” NMIUda nashr etilgan umumiy hisobda 500-600 nomdagi 1000 ga yaqin kitoblar terimchilarga sovg`a tariqasida tuhfa etildi.

O`zMAA “O`zbekiston” NMIU

Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar