AsosiyDunyo

Madridda havoning ifloslanishiga qarshi yangi transport vositalaridan foydalanish joriy etilmoqda

'Madridda havoning ifloslanishiga qarshi yangi transport vositalaridan foydalanish joriy etilmoqda 'ning rasmi

Ispaniyaning Madrid shahrida havoning ifloslanishiga qarshi kurash doirasida yangi transport vositalaridan foydalanish joriy etilmoqda, deb xabar bermoqda Layf nashri.

Elektr skuter ham shular jumlasidandir. U o`zidan hech qanday zaharli moddalar ishlab chiqarmaydi va atrof-muhitga hech qanday zarar etkazmaydi. Uni bir kunda bir marotaba elektr yordamida quvvatlantirish lozim. Elektr skuter soatiga 60 km. tezlikda harakatlanadi.

Hozirda ayrim madridliklar o`z avtoulovlarini qo`yib. yangi turdagi skuterda ishga qatnashmoqda. Ular skuterda yurish turli yo`l tirbandliklaridan holi hamda kamchiqim ekanini ta`kidlashayotgan bo`lsa, yana ba`zi haydovchilar unda harakatlanish xavfli ekanini hamda sug`urta zarur ekanini aytishmoqda. Shahar ma`muriyati esa ko`chalarda shu kabi transport vositalari qatnovini tartibga solish choralarini ko`rmoqda.

    Boshqa yangiliklar