AQShning Nyu-York shahridagi CNN telekompaniyasi xodimlari joylashgan Time Warner Center binosidagi pochta jo`natmalari orasida shubhali buyum borligi aniqlandi, deya xabar bermoqda TASS nashri.
Shu sababli binodan barcha xodimlar evakuasiya qilingan. Binoga portlash texnikasi mutaxassislari, maxsus bo`linma va polisiya etib kelgan. Polisiya xodimlari Oq uyga, sobiq prezidentlar Barak Obama va Bill Klintonlarga ham xuddi shunday shubhali paketga o`ralgan portlovchi moslama jo`natilganini ta`kidlagan. Shubhali paket maxsus konteynerga solib binodan, olib chiqiladi va xavfsizlik maqsadida portlatib yuboriladi, deyiladi xabarlarda.






