Efiopiyada ilk bor ayol kishining prezident bo`lishi bu mamlakat parlamentining ayollar va erkaklar o`rtasidagi huquqiy tenglik uchun yana bir katta qadami bo`ldi.
68 yoshli Saxle-Vork Zevde tajribali diplomat bo`lib, bir necha yil BMTda turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, uzoq yillar Afrikadagi tinchlikparvar kuchlarning faoli bo`lgan.
"Biz kabi patriarxal jamiyatda ayol kishini davlat rahbari sifatida tayinlanishi kelajak uchun teng huquqlilikni belgilabgina qolmay, ayollarni jamiyatda qaror qabul qilishidagi huquqlarini normallashtiradi", deya xabar qoldirgan bosh vazir shtabi boshlig`i Futsum Arega o`zining Tvitter‘dagi sahifasida.






