Boliviyaning Kamiri shahridagi Salesina universitetida baxtsiz hodisa sodir bo`ldi, deya xabar berdi Vesti nashri.
Gap shundaki, universitet binosining pol qismi o`pirilib tushgan. Ushbu voqea talabalarning bitiruv marosimi vaqtida ro`y bergan. Oqibatda kamida 10 nafar talaba yaralanib, shifoxonaga olib ketildi. Ular to`rt metr pastga pol bilan birga qulashgan. Hodisaga polning ta`mirtalab holatga kelib qolgani sabab bo`lgan, degan taxminlar bor.






