AsosiyDunyo

“Al-Qoida” tomonidan asir olingan yaponiyalik jurnalist ozod etildi

'“Al-Qoida” tomonidan asir olingan yaponiyalik jurnalist ozod etildi'ning rasmi

Suriyada “Al-Qoida” jangarilari tomonidan 3 yil avval asirga olingan yaponiyalik jurnalist Dzyumpey Yasuda ozod etildi, deb ma`lum qildi Reuter axborot agentligi.

Yaponiya hukumati vakili Esixide Suganing ma`lum qilishicha, hozirda 44 yoshli jurnalist Turkiyaning Antakya tumanidagi muhojirlarni qabul qilish byurosiga olib kelingan.

Ayni vaqtda Yaponiya tomonidan ushbu shaxs haqiqatan ham Dzyumpey Yasuda ekanligining tasdiqlanishi kutilmoqda. Ta`kidlanishicha, jurnalist 2015 yilda Turkiya hududi orqali noqununiy ravishda Suriyaga o`tgan. Yasuda Suriyaga 2015 yilda kirib, terrorchilar tomonidan qo`lga olingan. Jangarilar uning ozod etilishiga 10 mln. dollar so`rashgan, biroq Yaponiya hukumati bu talabni bajarishdan bosh tortgan edi.

    Boshqa yangiliklar