Xitoyda Gongkong, Makao va Guangdong provinsiyasini bog`lovchi dunyodagi eng baland ko`prik rasmiy ravishda ochildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Ochilish marosimi Xitoy rahbari Si Szinpin, Gongkong ma`muriyati rahbari Kerri Lam va taxminan 700 nafar mehmon ishtirokida Chjuxay shahrida bo`lib o`tdi. Beypanszyan daryosi ustidagi ko`prikning uzunligi 1,341 metr. U daryo sathidan 565 metrbalandlikda barpo etilgan. Yangi ko`prik o`z hajmi va balandligi bo`yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.






