«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino ingliz klubidagi o`z faoliyatini davom ettirishini ma`lum qilib, barcha mish-mishlarga oydinlik kiritdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Avvalroq, «Real» bosh murabbiy Xulen Lopetegini iste`foga chiqarib, o`rniga Mourino taklif qilinishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Joze Mourino 2010-2013 yillarda «Qirollik klubi»da ishlagan va Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogida g`alaba qozongan.
- Yo`q, men «Real»ga qaytmayman. Kelajagim shu erda, «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomaga egaman. Bu erda baxtiyorman. Shartnomamning oxirigacha klubda qolaman va uni uzaytirishni xohlayman, - dedi Joze Mourino.






