AsosiyJamiyat

Namanganda piyodani urib yuborib, uning o`limiga sababchi bo`lgan haydovchi qidirilmoqda

'Namanganda piyodani urib yuborib, uning o`limiga sababchi bo`lgan haydovchi qidirilmoqda'ning rasmi

Namangan viloyatining Pop tumanida yo`lovchining o`limiga sabab bo`lib qochib ketgan haydovchi qidiruvga berildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, shu yil 22 oktyabr soat 20:55larda Namangan viloyatining Pop tumanida noma`lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani “Qo`shminor” MFY hududida haydab ketayotib, piyoda Andijon viloyati Jalaquduq tumani Qatortol mahallasida yashagan 41 yoshli Erkin Ergashboevni urib yuborib, unga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish o`rniga voqea joyidan ketib qolgan.

Natijada Ergashboev jarohat olib shu erning o`zida vafot etgan.

Ushbu yo`l-transport hodisasini sodir etgan noma`lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko`rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Hurmatli fuqarolar, agar kimda-kim ushbu hodisaga guvoh bo`lgan va noma`lum avtomashina hamda uning haydovchisi haqida biror ma`lumotga ega bo`lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo`limlariga borib yoki “102” telefon raqami orqali xabar berishingizni so`raymiz. Unutmang, bu bilan Siz, yurtimizda qonun ustuvorligi hamda ushbu shaxs tomonidan kelgusida sodir etilishi mumkin bo`lgan jinoyatlarning oldini olishga o`z hissangizni qo`shgan bo`lasiz", - deyiladi IIV xabarida.

    Boshqa yangiliklar