Ispaniyaning Aldales shahrida yog`ingarchilik kuzatilmoqda, deb xabar berdi Huffington Post nashri.
Yuzlab odamlar toshqin tufayli o`z uylarini tark etishga majbur bo`lishmoqda. So`ngi 24 soat ichida suv sathi 400 millimetrgacha ko`tarildi. Kuchli oqim avtomobillarni oqizib ketgan va mashinalar halokatga uchragan. Ular orasida o`t o`chirish mashinasi ham bor. Uning ichida bo`lgan o`t o`chiruvchi Xose Gil voqea joyida hayotdan ko`z yumgan.






