Tojikistonda ikki yigit minaga duchor bo`lishdi, deb xabar qilmoqda Ria.ru nashri.
Voqea mamlakatning Xatlon viloyati Sho`robod tumani Qovoq qishlog`ining chegara atrofida ro`y bergan. Ikki yigit qirg`ovul ovlamoqchi bo`lgan va piyoda askarlariga qarshi o`rnatilgan minaga duch kelishgan. Qurilma portlagan. Oqibatda 22 yoshli Orzu Sodiqov halok bo`lgan, sherigi 29 yoshli Zuhursho Rahmatov esa qattiq jarohatlangan.






