AsosiyJamiyat

«Yagona elektron FHDYo arxivi» shakllantiriladi

'«Yagona elektron FHDYo arxivi» shakllantiriladi'ning rasmi

Davlat xizmatlari agentligi xodimlari tomonidan «Yagona elektron FHDYo arxivi» shakllantiriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining joriy yilning sentyabr oyidagi tegishli qarorida belgilangan.

2018 yil oktyabr oyidan boshlab Davlat xizmatlari agentligining barcha hududiy boshqarmalarida arxivarius lavozimi joriy etiladi. Arxivarius FHDYo bo`linmalaridagi hujjatlarni raqamli ko`rinishga o`tkazgan holda, keyinchalik «Yagona elektron FHDYo arxivi» axborot tizimi bilan integrasiyalash uchun yagona arxiv fondini shakllantirish bilan shug`ullanadi.

Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo`limi ma`lum qilishicha, mazkur FHDYo arxivida saqlanayotgan barcha yozuvlarni 2022 yil 1 yanvarga qadar raqamli ko`rinishga o`tkazish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar