AsosiyJamiyat

Toshkent IIBB xodimlari yo`qolib qolgan qiz uyga qaytishiga yordam berdi

'Toshkent IIBB xodimlari yo`qolib qolgan qiz uyga qaytishiga yordam berdi'ning rasmi

Toshkent shahar IIB xodimlari yo`qolib qolgan 14 yoshli qiz uyga qaytishiga yordam berdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tezkor guruh kechki soat 2:00 da sovuq qotgan qizni Beruniy ko`chasidagi «Sharq» supermarketi oldidan topib oldi. Qiz idoraga olib ketildi.

Surishtiruv ishlaridan so`ng qizning onasi 14 oktyabr kuni qizini qidirib ichki ishlar idoralariga murojaat etgani ma`lum bo`ldi. Qidiruv sakkiz soat davom etgandi.

Qiz uyiga olib borib qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar