AsosiyDunyo

Armaniston bosh vaziri iste`foga chiqdi

'Armaniston bosh vaziri iste`foga chiqdi'ning rasmi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan iste`foga chiqdi, deya xabar bermoqda RIA novosti nashri.

U navbatdan tashqari parlament saylovlari boshlanguniga qadar bosh vazir vazifasini bajaruvchi hisoblanadi. Nikol Pashinyan shu yilning may oyida ommaviy namoyishlar orqali hokimiyat tepasiga kelgan edi. U parlament tarqatib yuborilishi va yangi saylovlar o`tkazilishi uchun iste`foga chiqdi.

Pashinyan saylovlardan keyin vaziyat o`zgarishiga umid qilmoqda. Armaniston Konstitusiyasiga ko`ra, bosh vazir iste`foga chiqqanidan keyin mamlakat parlamenti 14 kun ichida hukumatning yangi rahbarini saylashi kerak bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar