Ikkinchi Jahon urushi yillarida turli millatlarga mansub bo`lgan 15 nafar bolani o`z qanotiga olgan Shoahmat va Bahri Shomahmudovlar oilasi haqida Rahmat Fayzievning «Ego velichestvo Chelovek» romani asosida kinorejissyor Shuhrat Abbosovning «Sen etim emassan» kinosi tasvirga olingan va bu film hanuzgacha turli xalqlar orasida sevib tomosha qilinadi. Asrab olingan bolalar orasida rus, belarus, moldavan, yahudiy, latish, tatar, qozoq millatlariga mansub bolalar bo`lgan.
Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabariga ko`ra, 2018 yilning 23 aprel kuni “Istiqlol” san`at saroyi maydonida rekonstrksiya ishlari boshlab yuborildi. Tez kunlarda Shomahmudovlar oilasi jamlangan haykal ushbu maydonda qad ko`taradi.
Xalqlar Do`stligi siymosi hisoblangan ushbu haykal Toshkent shahrining ko`rkiga-ko`rk qo`shib yanada chiroyini ochadi. Poytaxtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarini birdamlikka, do`stlikka va bir oila bo`lib yashashga davat qiladi.






