Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida yo`l harakati qoidalari buzilishi oqibatida ikki inson halok bo`ldi, olti kishi esa jarohat oldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Xabarda, 14 aprel kuni soat 13.00larda Bekobod tumani Istiqbol ko`chasi 31-uy 12-xonada yashovchi, “Bekabad Ogneupor” MChJ O`zbekiston-Qirg`iziston qo`shma korxonasi haydovchisi, 1959 y.t. V.Bugaenko o`ziga biriktirilgan “Epika” rusumli avtomashinasini “Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon-Andijon-O`sh” yo`lining 150-km.da haydab ketayotib shu yo`nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan 1962 y.t. M.Mirazimov boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan, deyilgan.
Natijada “Epika” avtomashinasi haydovchisi V.Bugaenko va uning 2 nafar yo`lovchilari, hamda “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi M.Mirazimov va uning 4 nafar yo`lovchilari, jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay “Neksiya” avtomashinasi yo`lovchilari 1963 y.t N.Erkaboeva hamda 1936 y.t O`.Normuxamedovalar vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.






