AsosiyJamiyat

Samarqandda mudhish YTH oqibatida 8 kishi halok bo`ldi

'Samarqandda mudhish YTH  oqibatida 8 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

7 aprel kuni soat 17.25 larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida yuz bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida sakkiz kishi halok bo`ldi, deb xabar qiladi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

O.Kamolov (1996 y.t.) “Kobalt” avtomashinasini “Zarafshon o`ng sohili” 4R-48 yo`lining 43-kmda haydab ketayotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan S.Sunnatov(1995 y.t.) boshqaruvidagi “Neksiya” bilan to`qnashuv sodir etgan.

Natijada “Kobalt” haydovchisi O.Kamolov va avtomobildagi ikki nafar yo`lovchi voqea joyida hamda “Neksiya” haydovchisi S.Sunnatov va uning to`rt nafar yo`lovchisi kasalxonada vafot etgan.

Shuningdek, “Kobalt” avtomashinasining yana uch nafar yo`lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar