AsosiyJamiyat

Deputat tashabbusi bilan axborot-resurs markazi maqbul joyga ko`chirildi

'Deputat tashabbusi bilan axborot-resurs markazi maqbul joyga ko`chirildi'ning rasmi

Shu paytga qadar Uchtepa tumani axborot-resurs markazi 283-maktab binosida, kichik bir xonada joylashgan edi. Hudud aholisi undan istagan vaqtda foydalana olmas, o`z navbatida, bu maktab uchun ham noqulayliklar tug`dirayotgandi, deb yozadi O`zA.

Vaziyatni yaqindan o`rgangan O`zMTDP fraksiyasi a`zosi Muxtabar Husanova tegishli mutasaddilarga murojaat qildi. Natijada tuman axborot-resurs markazi tuman Yoshlar ittifoqi bo`limi tasarrufiga o`tkazilib, uning binosiga ko`chirildi.

Axborot-resurs markazining maqbul joyga ko`chirilgani hudud aholisi, ayniqsa, yoshlarning ziyo maskanidan unumli va samarali foydalanishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, deputat hudud aholisining turmush tarzi bilan tanishdi, odamlarni qiynayotgan muam¬molar echimi yuzasidan fikrlashdi, ta`lim va tibbiyot muassasalari, ijtimoiy soha ob`ektlari faoliyatini joyiga borib o`rgandi.

Xonadonma-xonadon yurib o`rganishlar davomida aniqlangan muammolarning ayrimlariga o`sha joyning o`zida echim topilib, amaliy choralar ko`rildi.

    Boshqa yangiliklar