AsosiyDunyo

Olimlar 28 ming yil oldin yashagan insonning ko`rinishini tiklashdi

'Olimlar 28 ming yil oldin yashagan insonning ko`rinishini tiklashdi'ning rasmi

Olimlar bundan 28 ming yildan ziyod burun yashagan inson qanday ko`rinishda bo`lganini aniqlashdi.

Fransiyaning Versal-Sen-Kanten-an-Ivelin universiteti olimlari Er yuzida bundan 28 ming yildan ziyod ilgari yashab o`tgan kromanonesning tashqi ko`rinishini tiklashga muvaffaq bo`ldilar.

Mutaxassislar inson portretini 1868 yilda topilgan bosh suyagi asosida yaratishdi. Erkak kishining yaxshi saqlanib qolgan bosh suyagi va zamonaviy texnologiyalar sharofati bilan taklandi.

Olib borilgan tadqiqotlarga ko`ra, mazkur topilma ko`plab salbiy o`simtalarga sabab bo`ladigan irsiy kasallik — neyrofibromatozdan aziyat chekkan 50 yoshli erkak kishiga tegishliligi aniqlangan.

Mutaxassislar tiklash ishlarida mazkur omillarga ham e`tibor qaratishi oqibatida kromanonesning yuz qismini sezilarli bo`lgan yangi o`simtalar bilan “qoplashdi” hamda peshanasiga katta g`urra “o`rnatishdi”.

    Boshqa yangiliklar