AsosiyJamiyat

Ikki hafta davomida mashinasining oynasini qoraytirgan 500ga yaqin haydovchi aniqlandi

'Ikki hafta davomida mashinasining oynasini qoraytirgan 500ga yaqin haydovchi aniqlandi'ning rasmi

Joriy yil 19 mart – 1 aprel kunlari O`zbekiston avtomobil yo`llarida 257 marta yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati O`zAga xabar qildi.

YTH oqibatida 248 nafar fuqaro jarohatlangan, ularning orasida halok bo`lganlar ham bor.

O`tgan 2 hafta davomida yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 160 ming 586 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 73 ming 737 tasi qo`pol qoidabuzarlik sifatida qayd etilgan. Jumladan, 3 ming 210 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 25 ming 548 holatda belgilangan tezlik talabi buzilgan. 1 ming 775 haydovchi svetofor va chorrahalardan o`tish qoidasiga amal qilmagan.

Shuningdek, transport vositasining oynalarini me`yoridan ortiqcha qoraytirgan 490 ta, harakat vaqtida telefondan foydalangan 1 ming 512 ta va xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan 32 ming 586 haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar