AsosiyJamiyat

Sergelida bir ayol ikkinchisini do`pposlab, voqea joyidan yashiringan

'Sergelida bir ayol ikkinchisini do`pposlab, voqea joyidan yashiringan'ning rasmi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida janjal yuz berdi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma`lum qilinishicha, 27 mart kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, unda shu yil 24 mart kuni soat 01.00larda, 3-dahada yashovchi, 1984 yilda tug`ilgan V.K. Yangi Sergeli ko`chasida joylashgan “Utopiya” nomli tungi klub oldida bezorilik oqibatida 1977 yilda tug`ilgan M.L.ning tanasi turli joylariga urib, tepib jarohat etkazib, voqea joyidan yashiringanligi ko`rsatilgan.

Natijada M.L.ga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan. V.K. ushlangan.

    Boshqa yangiliklar