O`zbekiston musulmonlari idorasi imomlaridan iborat delegasiya Sverdlovsk viloyatida bo`lib, u erdagi masjid va axloq tuzatish muassasalariga tashrif buyurdilar. Bu haqda O`MI Matbuot xizmati xabar berdi.
O`zbekistonlik imomlar delegasiyasining tashrifi davomida ekstremizm va diniy radikalizmning oldini olishga yo`naltirilgan ma`naviy-axloqiy ruhdagi tadbirlar o`tkazilgan.
O`zbekiston delegasiyasi masjidlarda bo`lib, Ekaterinburgdagi oliy o`quv yurtlari talabalari bilan uchrashuv tashkil etishgan. Sverdlovsk viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalariga borganlar. Imomlar jazoni ijro etish muassasalarida jazo o`tayotgan musulmonlar bilan suhbatlashishgan.












