O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi fuqarolarning 30 kungacha vizasiz o`zaro kelib-ketishlari to`g`risidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Bitim O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 9-10 mart kunlari Tojikistonga tashrifi doirasida imzolangandi.
"O`n to`qqizinchi mart kuni O`zbekiston va Tojikiston hukumatlari o`rtasida imzolangan fuqarolarning o`zaro kelib-ketishlari to`g`risidagi bitim kuchga kirdi”, — deyiladi O`zbekiston TIV xabarida.
19 martdan boshlab O`zbekiston va Tojikiston Respublikalari fuqarolari ikki mamlakat hududida bitimda ko`rsatilgan tegishli o`tish hujjatlari bilan vizasiz (30 kungacha) bo`lishlari mumkin.






