AsosiyJamiyat

Toshkentdagi metroda bir ayol o`zini poezd ostiga tashladi

'Toshkentdagi metroda bir ayol o`zini poezd ostiga tashladi'ning rasmi

19 mart kuni soat 21:00 atrofida Toshkent shahridagi metropolitenning «Beruniy» bekatida noxush voqea kuzatildi.

Xabar.uz» nashri bergan ma`lumotga ko`ra, 30-35 yoshlardagi ayol bekatga kirib kelayotgan poezd ostiga o`zini tashlagan. Zudlik bilan ko`rilgan choralar natijasida ayol salomat holatda qutqarib qolingan.

Ayolga voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan. Shifokor va psixolog etib kelgach, u ayolning stress holatda ekani aniqlangan.

Hozir surishtiruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar