AsosiyDunyo

“Artur va miniputlar”ning otasi tavallud kunini nishonlamoqda (Foto)

'“Artur va miniputlar”ning otasi tavallud kunini nishonlamoqda (Foto)'ning rasmi

Bugun mashhur fransuz rejissyori Lyuk Besson o`zining "59-bahori" nishonlamoqda, deya yozmoqda Segodnya.ua nashri.


Lyuk Besson faoliyati davomida shu kungacha 150 dan ziyod kinofilmlar suratga olgan va ularning ko`pi muxlislar e`tiborini qozongan. Shu munosabat rejissyorning eng yaxshi beshta filmini eslab o`tishni joiz topdik.

“Ajdaho bo`sasi”


Film voqealari Parijda ro`y beradi. Fransuz polisiyasiga xitoylik gangsterni qo`lga olishda yordam berish uchun polisiyachi Liu Jian Parijga keladi. Ammo pastkash inspektor Jan-Per Rishar Liuning “tagiga suv quyib”, gangsterni o`ldiradi...

“Lyusi”

Lyusi giyohvand moddalarni katta pul evaziga olib ketayotganda, uning qoniga xavfli va kuchli giyohvand modda tushib qoladi. Natijada Lyusi og`riqni sezmagan holda super qobiliyatlarga ega bo`ladi...

“Beshinchi unsur”

Suv, havo, tuproq, olov. Dunyo mana shu besh unsurdan tashkil topgan. Ammo dunyoni qutqarib qolish uchun beshinchi unsur kerak bo`lsa-chi? Beshinchi unsur – bu o`zga sayyoralik Liludir...

“Leon”

Mahoratli killer Leon qo`shni qizcha Matilda bilan tanishib qoladi va uni o`z qaramog`iga oladi. Negaki, qizchaning hayoti xavf ostida edi, qolaversa, Matilda nosog`lom sharoitda yashardi. Mana tanishuv orqali Leon ilk bor mehr-muhabbat nima ekanligini anglaydi.

“Janna d`Ark”


Janna o`z ortidan butun boshli lashkarni ergashtira oldi oldi. Negaki u yolg`iz Yaratganga ishonardi...

Boshqa yangiliklar