Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida nazoratsiz qoldirilgan bolakay gugurt o`ynab, beshikni yoqib yubordi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qildi.
"14 mart kuni soat 14.30larda Achchig`i MFY Qatag`on mahallasida yashovchi, 2015 yilda tug`ilgan J.Ilhomov uyida nazoratsiz qolishi oqibatida gugurt o`ynab, beshikni yoqib yuborgan", - deyilgan xabarda.
Yong`in uy egalari tomonidan o`chirilgan. Yong`in oqibatida beshik va ko`rpacha qisman yonib zarar ko`rgan hamda beshikda yotgan chaqaloq Z.Ilxomova kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.






