AsosiyShou-biznes

Bu yilgi bahor mavsumi Shahzodaning konsertisiz o`tadi

'Bu yilgi bahor mavsumi Shahzodaning konsertisiz o`tadi'ning rasmi

Shahzodaning may oyida o`tkazilishi an`anaga aylangan konsert dasturi bu yil bo`lmaydi. Bu haqda u “Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” dasturida ma`lum qilgan.

“Ko`pchilik muxlislarni qiziqtirayotgan masalaga oydinlik kiritish maqsadida shu kunlarda matbuot anjumani tashkil etiladi. “Bu ma`lumot haqida ilk bor sizning telekanalingizda aytayapman. Lekin muxlislarimiz uchun sovg`alarimiz ko`p”- deydi Shahzoda. Shuningdek, xonanda dugonalari Nilufar Usmonova va Renata Iskandarovalar bilan do`stlik, oilaviy munosabatlar va ayollik latofati haqida so`z yuritdi.

“Xayrli oqshom” ko`rsatuvining ushbu soni 9 mart kuni soat 19.30da “Sevimli ” telekanali orqali efirga uzatiladi.

    Boshqa yangiliklar