Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampga uchrashuv o`tkazish taklifini yo`lladi.
Janubiy Koreya prezidentining mudofaa masalalari bo`yicha maslahatchisi Chon Iy Yon AQSh prezidenti bilan muzokaralardan so`ng Tramp KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashishga rozi bo`lganini bildirdi. Avvalroq u Trampga Shimoliy Koreya rahbarining uchrashuvni tashkillashtirish taklifi yozilgan maktubini etkazgan edi.
Chon Iy Yon, Janubiy Koreya prezidentining mudofaa masalalari bo`yicha maslahatchisi:
“Shimoliy Koreya rahbari bilan uchrashuv doirasida Kim Chen In yadroviy qurol yaratish, hamda uning sinovlarini to`xtatishga va`da bergan edi. Men ushbu va`dani Donald Trampga etkazdim”.
Tramp Kim Chen Inning may oyigacha uchrashish taklifiga rozilik bergan.






