AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda bir necha sanoat zonalari tashkil etiladi

'Qoraqalpog`istonda bir necha sanoat zonalari tashkil etiladi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Qarorga asosan, Amudaryo, Xo`jayli, Chimboy, Qo`ng`irot, Beruniy va Taxiatosh tumanlarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va bo`sh turgan ob`ektlar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

Kichik sanoat zonalari hududidagi tadbirkorlik sub`ektlariga davlat ko`chmas mulki ob`ektlari loyihalarni amalga oshirish to`g`risidagi kelishuvlarni bajarish hamda barcha soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni o`z vaqtida to`lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 5 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Shuningdek, davlat ko`chmas mulkidan foydalanish uchun ijara to`lovining «nol» stavkasi belgilanadi.

Kichik sanoat zonalarida 2020 yilning 1 fevraliga qadar er solig`i to`lashdan ozod etiladi.

Mazkur kichik zonalarda amalga oshiriladigan investisiya loyhalarini moliyalashtirish uchun 75 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari ochilmoqda.

    Boshqa yangiliklar